+99890 319-00-83

+99890 937-52-73

Bizga yozing

Yangiliklar

2013-01-20

Yangi tuzilmalar. Kasaba uyushmalari faoliyatini

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiya Kengashi o‘quv markazida O‘zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasining aloqa sohasi bo‘yicha Respublika birlashgan kasaba uyushma tashkilotlarining ta'sis konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya ishida O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Mahmudov va qo‘mitaning hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i F.Aripjonov, "O‘zbektelekom" AK bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Q.Yuldashev va viloyat filiallari rahbarlari, "O‘zbekiston pochtasi" OAJ va "Matbuot tarqatuvchi" AK rahbarlari hamda viloyatlardan 70 nafar delegat va aloqa sohasi yirik korxona va tashkilotlari kasaba uyushmalari tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.

Shundan so‘ng, yangi tashkil etilayotgan Xizmat ko‘rsatish va o‘quv muassasalari va Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi Respublika birlashgan kasaba uyushma tashkilotlarining tashkiliy tuzilmalari taklif etildi va tasdiqlandi.

Shundan so‘ng, yangi tashkil etilayotgan Xizmat ko‘rsatish va o‘quv muassasalari va Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi Respublika birlashgan kasaba uyushma tashkilotlarining tashkiliy tuzilmalari taklif etildi va tasdiqlandi.

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi bo‘yicha Respublika birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining raisi etib Telman Irnazarov va Xizmat ko‘rsatish va o‘quv muassasalari sohasi bo‘yicha Respublika birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining raisi etib Baxtiyor Rafiqov saylandi.

Kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.